1 Sinf strategiyalari · 1-bo'lim

Sinfda matnlarni tanlash

Boshlang'ich sinfda o'qish savodxonligini rivojlantirish avvalo to'g'ri matn tanlashdan boshlanadi. Matn o'quvchining yoshiga, lug'at boyligiga, hayotiy tajribasiga va o'qish darajasiga mos bo'lishi kerak.

8 ta mezon 6 ta amaliy qadam

Maqsad

O'qituvchiga sinf darajasiga mos matn tanlash, matnni metodik tahlil qilish va o'qish savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladigan savollar hamda topshiriqlar ishlab chiqish ko'nikmasini shakllantirish.

Nazariy izoh

Yaxshi tanlangan matn o'quvchini o'qishga qiziqtiradi, uni fikrlashga undaydi, savol berishga, xulosa chiqarishga va o'z munosabatini bildirishga imkon yaratadi.

Aksincha, juda sodda matn o'quvchini rivojlantirmaydi, haddan tashqari murakkab matn esa uni charchatadi va o'qishga bo'lgan qiziqishini susaytiradi.

Amaliy mezonlar

Matn tanlashda hisobga olinadigan mezonlar

Sinf darajasi

Yoshga moslik

Matn hajmi

Qisqa yoki uzun

So'zlar murakkabligi

Tushunarliligi

Mavzuning yaqinligi

Bolaga tanishligi

Bilish qiymati

Nima o'rgatadi

Savol tuzish imkoniyati

PIRLS savollari

Matn xarakteri

Badiiy / axborot

Rasm va jadval

O'qishni boyitgan

Tekshiruv ro'yxati

Amaliy tavsiya — matnni darsga kiritishdan oldin

1

Bu matn qaysi sinf o'quvchisiga mos?

2

Matnda o'quvchi tushunmaydigan so'zlar ko'p emasmi?

3

Matn asosida xulosa chiqarish mumkinmi?

4

Matnda qahramon, voqea, axborot yoki muammo bormi?

5

O'quvchi bu matn orqali qanday ko'nikmani rivojlantiradi?

6

Matn asosida PIRLS tipidagi savollar tuzish mumkinmi?

Metodik qo'llanma

Darsda qo'llash usuli — matn tahlil jadvali

Mezon Tahlil savoli O'qituvchi izohi (namuna)
Yoshga moslik Matn qaysi sinfga mos? 2-sinf
Matn turi Badiiy yoki axborot matnimi? Badiiy matn
Asosiy g'oya Matn nimani o'rgatadi? Mehribonlik
Yangi so'zlar Qaysi so'zlar tushuntiriladi? G'amxo'r, ehtiyotkor
Savol imkoniyati Qanday savollar tuziladi? Aniq, xulosa, baholash
Baholash Qaysi mezon bilan baholanadi? 0–3 ballik rubrika

Amaliy namuna

Boshlang'ich sinfga mos namuna

Matn: "Kichik qushcha"

Sinf: 2-sinf
Matn turi: Badiiy-tarbiyaviy
Asosiy g'oya: Tabiatga mehr va yordam

Savollar:

  1. 1.Bola nimani ko'rib qoldi?
  2. 2.Qushcha qanday holatda edi?
  3. 3.Bola unga qanday yordam berdi?
  4. 4.Bolaning harakati uning qanday bola ekanini ko'rsatadi?
  5. 5.Siz ham shunday vaziyatda nima qilardingiz?

Kutiladigan natija

O'qituvchi sinf darajasiga mos matn tanlaydi, metodik tahlil qiladi va o'qish savodxonligini rivojlantiradigan savollar ishlab chiqadi.

O'quvchilar esa o'z yoshiga mos, qiziqarli va tushunarli matnlar orqali o'qishga faol jalb etiladi.

Keyingi bo'lim