Buyuk Britaniya tajribasi
Phonics yondashuvi
Boshlang'ich sinfda fonik bilimlar orqali so'zlarni o'qishga o'rganiladi, keyin ravon o'qish va tushunish ko'nikmalari rivojlantiriladi.
Reading Framework
Angliya Ta'lim departamentining "The Reading Framework" hujjati maktablarda o'qish asoslarini o'rgatish bo'yicha amaliy yo'riqnoma sifatida qo'llanadi (2023 yangilangan).
Reading for pleasure
O'quvchining kitobdan zavq olishi va mustaqil o'qish odatini shakllantirish o'qish siyosatining markazida turadi.
Buyuk Britaniya, ayniqsa Angliya tajribasida boshlang'ich sinfda o'qish savodxonligini shakllantirishda fonika, ravon o'qish, lug'at boyligi, matnni tushunish va o'qishdan zavqlanish muhim o'rin egallaydi.
Angliya o'qish siyosatida bolalar boshlang'ich bosqichda fonik bilimlar orqali so'zlarni o'qishga o'rganadi, keyin ravon o'qish va tushunish ko'nikmalari rivojlantiriladi. "The Reading Framework"da o'qish, yozish va og'zaki nutq o'quvchilarning ta'limdagi muvaffaqiyati uchun asosiy omil ekanligi ta'kidlanadi.
Buyuk Britaniya tajribasida o'qituvchi quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lishi zarur:
Systematic synthetic phonics
Harf-tovush mosligini tizimli o'rgatish.
Shared reading
O'qituvchi va o'quvchilar birgalikda matnni o'qiydi va muhokama qiladi.
Guided reading
Kichik guruhlar bilan matn darajasiga mos o'qish mashg'uloti tashkil etiladi.
Reading for pleasure
O'quvchining kitobdan zavq olishi va mustaqil o'qish odatini shakllantirish.
Vocabulary in context
Yangi so'zlarni alohida yodlatish emas, matn ichida tushuntirish.
Raqamli resurslar
- Phonics mashqlari
- Decodable books ro'yxati
- O'qish kundaligi
- Kitob tavsiya moduli
- Audio o'qish
- O'quvchi javobini rubrika asosida baholash
O'zbekiston uchun moslashtirish
- 1-sinfda tovush-harf asosidagi tizimli o'qish mashqlarini kuchaytirish
- Decodable matnlar va qisqa kitobchalar yaratish
- Sinf kutubxonalarini rivojlantirish
- "Haftalik mustaqil o'qish" tizimini joriy qilish
- O'qish darsida og'zaki nutq, lug'at va matnni tushunishni birgalikda olib borish